avatar
Куч
1256.73
Рейтинг
+492.93

Dilbar Alimdjanova

Мақолалар

"Eng yaxshi tarmoq administratori" ko’rik tanlovi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 477 -sonli buyrug’i bilan oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan «Eng yaxshi tarmoq administratori» ko’rik tanlovida SamDCHTI tarmoq administratori Razakov Azamat faxrli 2 — o’rinni egalladi.
2
8 — yanvar kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazida taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Физические упражнения - средство коррекции эмоциональных состояний беременных женщин

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Беременность является очень большим эмоциональным опытом. Эмоции и беременность оказывают на психику беременной женщины очень большую нагрузку.
Различные исследования показывают, что на характер протекания беременности, успешность родов и состояние ребенка огромное влияние оказывают эмоциональные переживания беременной женщины. Негативные состояния (такие, как излишнее напряжение и тревожность) способствуют усилению токсикозов, преждевременным родам или самопроизвольным абортам, увеличивают объем кровопотери в родах, продолжительность всех периодов родов, повышают порог болевой чувствительности у женщин (Абрамченко В.В., 1997; Сырица А.О., 1987).

Самарқанд шаҳридаги «Алпомиш» спорт мажмуасида фахрийлар ўртасида спорт мусобақаси ўтказилди

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Унда Самарқанд вилоятимизнинг турли ҳудудларидан келган60 нафар кекса ҳаваскор спортчилари ўзаро беллашдилар. 
Югуриш, баскетбол тўпини саватга тушириш ҳамда узунликка сакраш мусобақаларида Самарқанд чет тиллари институти вакили Рустем Ибрагимов биринчи ўринни қўлга киритган. 
 
Институтимизнинг яна бир ўқитувчиси С.Бекиров ҳам иштироқ этиб, вилоят спорт ишларини спорт ишларини мувофиқлаштирувчи фахрийлар кенгашитомондан  тақдирланди.

Evropa Ittifoqi “Particip GmbH” tashkiloti eksperti Karen Roberts xonim SamDChTiga tashrif buyurdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Joriy yilning 3 dekabr kuni Evropa Ittifoqi “Particip GmbH” tashkiloti eksperti Karen Roberts xonim hamda Osiyo va Markaziy Osiyo bo’yicha Evropa Ittifoqi dasturlari monitoring guruhi eksperti Karina Astanovalar  Tempus, Erasmus Mundus loyihalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va bu borada institutda amalga oshirilgan ishlar natijalarini o’rganish yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.
  Ekspertlar institut rektori, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i, TuCАHEA loyihasining institut bo’yicha koordinatori ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
          Uchrashuvda institutda ta’lim tizimi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosi hamda institutda mavjud Evropa Ittifoqining TuCАHEA, DeTEL, QAPD, Erasmus Mundus SILKROUTE kabi loyihalar faoliyati va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Соғлом авлод – Ватан камоли

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Ватанимиз тақдири, келажаги бугун ўниб-ўсиб келаётган ёш авлодга, бу авлод парвозининг икки қанотини ташкил этадиган жисмоний ва маънавий камолотига боғлиқ.
Шу боис ҳам истиқлол йилларида мамлакатимизда жисмоний ва маънавий комиллик тушунчалари муштараклик мақоми касб этди. Бу бежиз эмас албатта, спортга давлат сиёсати даражасида қаратилаётган эътибор ёшларни нафақат жисмонан соғлом этиб табиялаш, балки уларнинг қалбларида ватанпарварлик, ўз халқи, юрти билан фахрланиш туйғуларини уйғотади, бугунги кунга ва келажакка бўлган ишончини мустаҳкамлашга хизмат қилади.

Ташаббуслар самара бермоқда

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Самарқанд давлат чет тиллар институтининг фаоллар залида Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси Самарқанд вилоят кенгаши ташкилотчилигида “Таълим масаласи доимий эътиборда” мавзуида давра суҳбати бўлиб ўтди.
Тадбирда Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари, Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси Сиёсий Кенгаши Марказий аппарати аёллар ва ёшларнинг сиёсий фаоллигини ошириш бўлими, Самарқанд шаҳар ҳокимлиги, халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлими вакиллари, халқ депутатлари Самарқанд шаҳар Кенгаши “Ижтимоий-маданий ривожлантириш масалалари бўйича” доимий комиссияси аъзолари ва партия фаоллари иштирок этишди.

Аёл- жамиятда ва сиёсатда етакчи куч

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2015 йил 27 март куни Француз филологияси кафедраси томонидан ташкил этилган «Аёл- жамиятда ва сиёсатда етакчи куч» мавзусида давра суҳбати ўтказилди. Бунда Самарқанд вилоят Халқ демократик партиясидаги «Фаол аёллар қаноти» раҳбари Имомова Дилбар Бобоқуловна ҳамда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган журналист Муайяна Ходжаева таклиф этилди. Тадбирда институт хотин қизлар кенгаши раиси Алимжанова Д. ва Устоз мураббийлар кенгаши раиси Амриддинова Д.лар ҳам иштирок этдилар.Талалабалар давра суҳбати мавзусидаги фикр-мулоҳазаларни зўр қизиқиш билан қабул қилдилар. Аёлнинг жамиятдаги, ижтимоий ҳаётдаги ўрни, қолаверса давлатимизда хотин-қизларга қаратилаётган эътибор ва ушбу имкониятлардан ёшларнинг унумли фойдаланиш зарурлиги уқтирилди. Ушбу давра суҳбати ташкилотчиси Фозилова Шафоат Зоировнага таклиф этилган меҳмонлар ва давра суҳбатида иштирок этган барча талабалар, шунингдек, Француз филологияси кафедраси мудири Сувонова Нигорабону ўз миннатдорчилигини билдирди. Тадбир сўнгида учрашувда фаол қатнашган талабаларга таклиф этилган меҳмонлар томонидан совғалар тақдим этилди.

11.jpg

Saylovga tayyorgarlik yuqori saviyada

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Barchamizga ma’lumki, 2015 yil 29 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  saylovi boʻlib oʻtadi. Samarqand davlat chet tillar institutida 60-saylov uchastkasi joylashgan. Ushbu saylov uchastkasida Xoʻja Yusuf va Koʻksaroy mahallasi fuqarolari hamda institut TTJ talabalari ovoz beradilar.

         Saylovga tayyorgarlik yuqori saviyada olib borilmoqda. Savlovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ona-bola xonasi, tibbiy xona, ovoz berish xonalari va boshqalar allaqachon tayyor holatga keltirilgan. Obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari tugatilgan va saylov uchastkasi saylov oʻtkazishga tayyor.

         Bir necha kundan beri xorijlik kuzatuvchilar, ekspertlar va mahalliy mutasaddi shaxslar institutimizga tashrif buyurishib, saylovga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan tegishli ma’lumotlarga ega bo`ldilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Hozirgacha 17 ta turli davlat va xalqaro tashkilot vakillari saylov uchastkasiga tashrif buyurishdi. Jumladan, germaniyalik Werner Fuhrmann va boshqa xorijlik kuzatuvchilarning ta’kidlashlaricha saylovga tayyorgarlik yuqori darajada tashkil etilgan. Germaniya, Yaponiya va boshqa davlatlrda saylovga bunchalik jiddiy tayyorgalik ko`rilmasligini, bizdagi tayyorgalikning yuqori saviyada ekani, jumladan, tibbiy xona, ona-bola xonalarining mavjudligini alohida e’tirof etishdi. Mehmonlar oldimizda turgan saylovning koʻtarinki ruhda oʻtishiga omad tilab qolishdi.

20150326_115645

c80c54790355d9deab8fa848aaf3ff22_500_0_0.jpg

Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyat hokimligi, viloyat prokraturasi va viloyat IIB rahbarlarining ochiq muloqoti tashkil etildi

Блог им. diliman

2015-yil 23-fevral kuni Samarqand viloyat hokimligining “Samarqand shahridagi oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda xalq ta’limi boshqarmalari muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda pedagog xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejasi”ga muvofiq Samarqand davlat chet tillar institutida viloyat xokimi Z.T.Mirzaev, viloyat prokurori B.A.Dehqonov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik F.B.Quvondiqovlarning professor-o‘qituvchilar hamda pedagog xodimlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, diniy ekstremizmning Iroq Shom islom davlati (IShID)ning islom davlati qurish borasida amalga oshirayotgan vahshiyona harakatlarini fosh etuvchi hujjatli film namoyish etildi.

Yig‘ilishni institut rektori  G‘.Raximov  ochib, O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunning  global muammosiga aylangan diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida muayyan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini kuchaytirishni talab etayotganligi,  bu borada institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan vazifalar  to‘g‘risida gapirib, so‘zni viloyat hokimi Z.T.Mirzaevga berdi.  

  Viloyat hokimi Z.T.Mirzaev so‘zga chiqib, haqiqatan ham bugungi kunning dolzarb muammosi bu yoshlarimizning  bilib-bilmay  chet ellarga turli bahonalar bilan chiqib ketib, turli oqimlarga qo‘shilib qolayotganliklari, buning oqibatida oilalarda nohushliklar yuzaga kelayotgani, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda O‘zbekistonning kelajagi  yoshlarmiz qo‘lida ekanligi ayniqsa, oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalar  olgan bilimlarini o‘zining mahallasida, qishloqdoshlariga ham etkazib, targ‘ibotchi sifatida bizga ko‘makdosh bo‘lishlari zarurligi, shularni inobatga olgan holda institut talabalariga professor-o‘qituvchilar tomonidan yana bir bora ushbu mavzuda suhbatlar o‘tkazishlari lozimligi to‘g‘risida ta’kidlab, oliy ta’lim muassasalaridan Nomdor stipendiya sohiblari, SamDChTIda o‘rganilayotgan tillar kesimidagi yo‘nalishlarning barchasi yoshlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.     

 Samarqand viloyat  prokurori B.Dehqonov so‘zga chiqib, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari butun insoniyatni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri ekanligi, bu muammo nafaqat,  ma’lum bir davlat chegarasida, balki hududsiz, boshqacha qilib aytganda  transmilliy jinoyat turiga aylangani va noqonuniy daromad keltiruvchi soha hisoblanishini aytib o‘tdi.

 Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik F.B.Quvondiqov ham so‘zga chiqib, ko‘pincha o‘z sha’ni, qadr-qimmatini bilmagan yoki mo‘may pul topish ilinjida bo‘lgan kimsalar  bunday harakatlarning qurboniga aylanib qolayotgani va bunga xuquqiy savodsizlik ham asosiy omillardan biri bo‘lib qolishini ta’kidlab, O‘zbekiston musulmonlari idorasida islomshunos olimi  Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” nomli kitobida bu kabi  muammolar aniq ochib berilganligini  bildirdi.

Ochiq muloqot yakunida professor-o‘qituvchilardan Sh.Safarov, R.Shodiev, Ma Su LI, D.Amriddinova, R.Ibragimov, A.Raximovlar viloyatda professor-o‘qituvchilar uchun dam olish sihatgohini qurish,  institut atrofida go‘zallik salonlarini tashkil etish, gid-tarjimonlar tayyorlash bo‘yicha alohida yo‘nalish ochish, sport zali va  SamDChTI qoshidagi “Konfutsiy” instituti uchun qo‘shimcha bino ajratish kabi takliflari bilan  viloyat hokimi Z.Mirzaevga murojaat etishdi va qoniqarli javoblarni olishdi.

Yig‘ilish yakunida professor-o‘qituvchilar ushbu ochiq muloqotdan to‘la qoniqish hosil qilishganligini, bunday tadbirlar  tez-tez o‘tkazib turilsa maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlashdi.

P2230011

P2230017

SamDChTI qoshidagi Konfutsiy institutida “Chun Jie” yangi yil tadbiri o’tkazildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2015 yil 19 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjimonlik fakulteti Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi hamda SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti hamkorligida Xitoy Xalq Respublikasi oy kalendari bo`yicha nishonlaydigan “Chun Jie(春节)” ya’ni,  milliy Yangi yil bayramini nishonlashdi. Milliy yangi yilga bag’ishlangan tadbir Konfutsiy markazida taklif etilgan mehmonlar ishtirokida bo`lib o`tdi. Konfutsiy instituti markazi bayramona ruhda bezatildi va tadbirda “Chun Jie(春节)” bayramida an’anaga aylangan chuchvara bukish va boshqa milliy taomlar tayyorlash marosimi bo`lib o`tdi. Tadbirda Konfutsiy instituti direktori prof. Sh. Safarov hamda Konfutsiy instituti XXR tomonidan direktori dotsent Liu Tao ishtirokchilarni bayram tabrigi bilan qutlashdi.

20150219_150316

mmexport1424405633151

Samarqand davlat chet tillar institutiga Braziliyaning Rossiya Federasiyasidagi elchisi tashrifi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Braziliyaning Rossiya Federasiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Antonio Gerreyro va uning rafiqasi Yelina Amaral 2015 yil 14 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrifi buyurdi. Martabali mehmonlarni institut rektori G’. Rahimov kutib oldi.

Uchrashuvda institut rektori mehmonlarni instititut tarixi va xozirgi kundagi faoliyati bilan tanishtirib o’tdi. Elchi janoblari SamDChTI va Braziliya oliy ta’lim muassasalari o’rtasida ta’lim-fan, ilmiy-tadqiqot va madaniyat sohalarida hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida takliflar kiritdi. Jumladan, kelajakda SamDChTIda Portugal tili va madaniyati markazini ochish va mazkur tilni fakultativ til sifatida o’qitish, Braziliya universitetlari va SamDCHTI o’rtasida talabalar va o’qituvchilar almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish kabi masalalar yuzasida fikr almashindi.

Ingliz tilida zamon, aspekt va kompozitsionallik

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, jahon standartlari darajasiga etkazish borasidagi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida16 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga tilshunos olim, AQSHning Montclair Universiteti professori, Fullbright dasturi vakili Seegmiller Milton Stephen taklif etildi. Professor Seegmiller Milton Stephen ushbu taklif uchun  institut rektori G’. Rahimov va institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdi. Suhbat davomida u SamDChTIda professor-o’qituvchilarning tilshunoslik sohasiga qiziqishlari yuqori ekanligini alohida ta’kidladi va bu sohada hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga oid takliflar  bildirdi.

Bobur siymosi barhayot

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2015 yil 17 fevral kuni Samarqand shahridagi Asror Jo’rayev nomidagi viloyat qo’g’irchoq teatrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligiga bag’ishlab  “Bobur siymosi barhayot” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ochib, buyuk o’zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qozongani, serjilo o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgani, uning nafis g’azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalaridan ekanligi to’g’risida ma’ruza qildi.  

Keimyung Universiteti vakillarining SamDCHTIga tashrifi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Joriy yilning 11 fevral kuni Janubiy Koreya Respublikasi Keimyung Universitetining uch nafar vakillaridan iborat delegatsiya SamDChTIga tashrif buyurdi. Keimyung Universitetining xalqaro ta’lim va taraqqiyot markazi direktori, professor Min Kyung-Mo, mazkur Universitetning xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i, professor Kim Seon Jung hamda rus tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Kim Sung Wanlarlar Samarqand davlat chet tillar instituti, institut markazlari va institutda ta’lim tizimi va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. 

Professor Min Kyung-Mo xonim samimiy qabul uchun institut rektoriga o’z minnatdorchiligini bildirib, Keimyung Universiteti SamDChTI bilan kelgusida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, talaba va professor-o’qituvchilar almashinuvi bo’yicha hamkorlik o’rnatish istagini bildirdi.

P2110043

P2110060

AL va KHK.lar bilan uzviy aloqa o'z samarasini bermoqda

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Fransuz filologiyasi kafedrasi hamda AL va KHK.lari bilan hamkorlik uzluksiz davom etmoqda. Kafedra o'qituvchisi Qo'chqorova Sadoqat 2015 yil 12 fevral kuni Ishtixon pedagogika kollejida o'qituvchi va talabalri uchun ochiq dars olib bordi. Dars boshlanishida Kollejning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari N.Nurmatov so'zga chiqib, chet tillarni o'rganishda yangi ped-texnalogiyalar asosida darslarni tashkil etish samara berishi hamda xorijiy tillarni o'qitishda Samarqand davlat chet tillari insitituti bilan hamkorlik qilish ayni muddao ekanligini ta'kidlab o'tdi. Dars mavzusi fransuz tili grammatikasiga oid bo'lib, quyidagicha nomladi «Adjectifs possessifs, Pluriel des noms». dars kutilgandan ham qiziqarli va yuqori saviyada bo'lib o'tdi.

20150212_122854.jpg

O’zbekiston Xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligiga bag’ishlab “She’riyat guldastasi” nomli ma’naviy tadbir tashkil etildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2015 yil 6 fevral kuni institut faollar zalida institut rahbariyati hamda Xotin-qizlar kengashi tomonidan O’zbekiston Xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligiga bag’ishlab “She’riyat guldastasi” nomli ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, institut dosenti, adabiyotshunos G.Umurova, “Ulug’bek vorislari” jurnali muharriri shoira  Jumagul Suvonova, shoira Hamida Karimovalar so’zga chiqishib, Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi haqida so’z yuritishdi hamda talabalar tomonidan uning she’rlaridan parchalar o’qildi. Tadbir davomida shoiraning she’rlari bilan aytiladigan qo’shiqlar ham yangradi.

Tadbir so’ngida Zulfiyaxonim ijodi aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

IMG_9449

IMG_9477

Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2015 yil 9 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida barcha joyda bo’lgani kabi buyuk mutafakkir bobomiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag’ishlab “Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda adabiyotshunos professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib, Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga to’xtalib, u o’z ijodida xalqini savodli, bilimli, madaniyatli qilish ruhi bilan qalam tebratgani,  mehnatkash, pok, halol, aqlli, yaxshi odamlar qalbidagi samimiyat, sevgi-sadoqat, fidoiylik, inson baxti, xalqlarni do’stlikka, hamkorlikka, ezgulikka chaqirish, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini ulug’lash kabi hislatlarni yoritganini aytib o’tdi.

Tadbirda taniqli tarjimon Poshali Usmon ham so’zga chiqib, Alisher Navoiyning yaratgan asarlarida millat taqdiri, el-yurt qayg’usi, yurtni obodonlashtirish, ilm-fan, san’at va adabiyotni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go’zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat uchun kurash g’oyalari bilan yo’g’rilganligini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng tarjimonlik fakulteti tomonidan tayyorlangan bayram dasturi doirasida Alisher Navoiy hayoti va ijodi aks ettirilgan sahna ko’rinishlari, she’riy parchalar hamda uning she’rlari bilan aytiladigan mumtoz kuy-qo’shiqlar yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Tadbir so’ngida tashkilotchilar tomonidan bayram dasturini tayyorlashda faol ishtirok etgan o’qituvchi va talabalarlarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.

Umumiy Foto surat

Sattepo turizm kollejining bir quruh o’qituvchi hamda iqtidorli talabalari tashrifi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

7-fevral kuni institutimizga Sattepo turizm kollejining bir quruh o’qituvchi hamda iqtidorli talabalari tashrif buyurishdi. Ular avval institutimiz bilan, shuningdek, til va madaniyat markazlari bilan, talabalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.

Shundan so’ng institut Ilmiy kengashi xonasida kollej talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvni AL va KHK bilan ishlash bo’yicha prorektor B.Primov olib bordi. U o’z so’zida institut haqida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1875-Qarori mohiyati to’g’risida, hozirgi zamonning dolzarb muammolari haqida to’xtalib o’tdi. Kollej talabalari o’zlarini qiziqtirgan turli savollar bilan murojaat etishdi. Yoshlarda bilimga chanqoqligi va kelajakda oliy ta’lim tizimida ta’lim olishga intilishayotganligi ular tomonidan berilgan savollardan bilinib turdi.

“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o’qituvchilari Qosimova Adiba va Xolmurodova Leylo “Ekskursovodlarning nutq madaniyati” mavzusida talabalarga yangi innovatsion pedtexnologiyalarni qo’llagan holda seminar o’tishdi. O’qituvchilarning amaliy seminarga puxta tayyorgarlik ko’rishgani uning qiziqarli va jonli tarzda o’tishiga zamin yaratdi.

Talabalar seminar mobaynidada ingliz tilida bemalol muloqot qilishdi. Seminar oxirida ochiq muloqot tashkil etildi. Talabalar ushbu uchrashuv va seminardan ko’p narsa o’rganganliklari va va yana institutimizga tashrif buyurish istagida ekanliklarini alohida ta’kidlandi.

P2050040

Ilmiy-metodik seminar yig`ilishi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Joriy yilning 10 fevral kuni institut Ilmiy Kengash xonasida institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish, yosh o‘qituvchilar hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatga keng yo‘l ochib berish va takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-metodolik seminar o‘zining navbatdagi yig`ilishni o‘tkazdi. Seminarni f.f.d. professor SH.Safarov ochib berdi va yig‘ilganlarga tashkil etilgan ilmiy-metodolik seminarning maqsadi hamda vazifalari, shuningdek ushbu seminar katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilar uchun muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Ilmiy-metodolik seminarning tasdiqlangan rejasiga ko‘ra falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.J.Bozorov “Ilmiy tadqiqot metologiyasi va metodlari” mavzusida katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilarga o‘z firklarini bayon qildi. Ilmiy-metodolik seminarda 3 bosqich katta ilmiy xodim-izlanuvchisi X.S.Ashurova (ilmiy mslahatchi R.T.Shodiev) o‘zining “Samarqand jadidlarining ijtimoiy–siyosiy qarashlari” nomli doktorlik dissertatsiya bilan qisqacha tanishtirdi va shu mavzuda  muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

IMG_1209