avatar
Куч
1256.73
Рейтинг
+492.93

Dilbar Alimdjanova

Мақолалар

Bobur shaxsini ulug’lash

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Joriy yilning 13 fevral kuni institutimizda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi t.f.n. katta o’qituvchi Sh.S.Ochilova O’zbekiston tarixi fani bo’yicha barcha fakultetning 1 kurs rus guruxi talabalari bilan birgalikda buyuk bobokolonimiz shoh va shoir  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan  tadbir o’tkazishdi. Tadbirda talabalar sahna chiqishlari, shoirning g’azal va ruboyilaridan namunalar o’qishdi. Roman german fakultetining  101 gurux talabalari shoir hayoti va ijodini tasvirlovchi  taqdimot namoyish etishdi. 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining keng nishonlanishi, milliy qadriyatimiz va ma’naviy merosimizga hurmat, talabalarimizda milliy g’oya,Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dosenti  M.J.Bozorov, f.f.n. D.T.Amridinova, o’qituvchi B.Turobovlar qatnashishdi.


20150213_094010

Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasining hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2015 yil 11 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasining hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.


Hisobot-saylov yig’ilishida institut xodimlari va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasining a’zolari hamda delegatlar ishtirok etishdi.


Kun tartibida 3 ta masala ko’rilib, 1-masala yuzasidan institut xodimlari va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi I.Salomovning 2010 yil fevraldan 2015 yil fevralgacha olib borgan faoliyati to’g’risidagi hisoboti tinglandi.


Kun tartibidagi 2-masala, ya’ni qo’mita a’zolari va raisini saylash yuzasidan nomzodlar tanishtirildi. Dastlab institut xodimlari va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasining 7 nafar a’zolari, undan so’ng qo’mita raisi delegatlar tomonidan ochiq ovoz berish yo’li bilan saylandi.


Saylov natijalariga ko’ra institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasiga 2010-2015 yillar davomida raislik qilgan I.Salomov yana bir bor institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisligiga saylandi.


Shundan so’ng 3-masala yuzasidan viloyat fan, ta’lim va madaniyat xodimlari kasaba ushmasi konferensiyasiga Samarqand davlat chet tillar institutidan 1 nafar delegat saylandi.


Yig’ilish so’ngida delegatlar tomonidan qo’mita raisiga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, uning keyingi faoliyatiga omadlar tilashdi hamda o’tkazilgan qo’mita hisobot-saylov yig’ilishiningtegishli qarorlari qabul qilindi.


Yig’ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.


P2110019


 


 


P2110043


 


P2110023

Неинфекционные заболевания преждевременно уносят 16 миллионов жизней

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Согласно новому докладу ВОЗ, необходимы неотложные шаги правительств, чтобы достичь глобальных целей в отношении сокращения бремени неинфекционных заболеваний (НИЗ) и предотвращения ежегодных 16 миллионов случаев преждевременной смерти в возрасте до 70 лет от болезней сердца и легких, инсульта, рака и диабета.


19 ЯНВАРЯ 2015 Г. ¦ ЖЕНЕВА - «Мировое сообщество имеет возможность изменить ход эпидемии НИЗ, — заявила сегодня Генеральный директор ВОЗ д-р Маргарет Чен на презентации «Доклада о ситуации в области неинфекционных заболеваний в мире, 2014 г.». — Инвестируя всего 1-3 доллара США на одного человека в год, страны могут резко сократить случаи заболевания и смерти от НИЗ. В 2015 году каждой стране следует установить национальные цели и осуществить затратоэффективные мероприятия. Если они этого не сделают, то миллионы людей будут попрежнему уходить из жизни слишком рано».

SamDCHTI talabalar turar joyida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” nishonlandi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2014-yil 14-yanvar kuni SamDCHTI talabalar turar joyi talabalar kengashi tashabbusi bilan “14-yanvar– Vatanhimoyachilari kuni” bayramiga  bag’ishlangan “O’zbekiston yigitlari” nomli tadbir tashkil etildi.


Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib,  Prezidentimiz tashabbuslari bilan mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ta’minlay oladigan milliy armiyamiz shakllantirilgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil                     14-yanvardagi “ O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etish haqida”gi Farmoni e’lon qilingandan buyon har yili 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida ko’tarinki ruhda nishonlanib kelinayotgani, bugungi kunda O’zbekiston amalda o’zining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega ekanligi to’g’risida o’z fikrlarini bildirib o’tdi hamda barchani bayram bilan chin dildan qutladi.



Institutida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami keng nishonlandi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Samarqand davlat chet tillar institutida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami keng nishonlandi. Dastlab, ya’ni, 2015-yil 12-yanvar kuni ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi, “Talaba” sport klubi hamda jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan amaliy sport turlari bo`yicha sport o`yinlari tashkil etilgan boʻlsa, 13-yanvar kuni madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.


Jumladan, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo`mondonlik muhandislari bilim yurtidan taklif etilgan 3 nafar ofitser va 25 nafar kursantlar kunning birinchi yarmida akademik guruhlarga tashrif buyurishib, talabalar bilan Vatan himoyasi muqaddas ekanligi, bu har bir O`zbekiston fuqarosining sharafli burchi ekanligi, Vatan himoyachisi bo`lish har bir yigit uchun yuksak sharaf ekanligi, Milliy armiyamiz saflarida el-yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun sadoqat bilan xizmat qilish har bir yigitning orzusi ekanligi to`g`risida suhbatlar uyushtirishdi.


 


1


 


Kunning ikkinchi yarmida institut faollar zalida bayramning asosiy qismi, ya’ni bayram tadbiri boshlanib, unga Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik muhandislari bilim yurti kursantlari, “Nuroniy” jamg`armasi Samarqand viloyat bo`limi kengashi vakilllari, Afg`on urushi qatnashchilari, faxriy ustozlar, fakultetlar rahbariyati hamda faol talabalar taklif etildi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektor H.Norqulov ochib, barcha yig’ilganlarni “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan samimiy qutladi. Shundan so`ng yig`ilganlarga fakultetlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi havola etilib, unda Vatanni va Milliy Armiyamizni ulug`lovchi qo`shiqlar va videolavhalar, harbiy jang san’atidan ko`rinishlar va tabrik so`zlari namoyish etildi.


Tadbir davomida Samarqand oliy harbiy avtomobil qo`mondonlik muhandislari bilim yurti ofitseri so`zga chiqib, yig`ilganlarni bayram bilan qutladi hamda yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi yo`lida xizmat qilayotgan harbiylarga muvaffaqiyatlar tilagan boʻlsa, bilim yurti kursanti davraga chiqib, harbiylar hayotiga bag`ishlangan qo`shiqlarni ijro etdi.


Tadbir so`ngida institutimizda faoliyat olib borayotgan Afg’on urushi qatnashchilari, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo`mondonlik muhandislari bilim yurtining ofitser va kursantlari hamda 12-yanvar kuni oʻtkazilgan sport musobaqalari g’oliblariga institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasining faxriy yorliq, diplom va qimmatbaho sovg`alari taqdim etildi.


Tadbir barchaga manzur bo`lib, yig`ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.


P1130009


 


P1130027


P1130052


 


P1130096


 


P1130166

“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Amir Temur haykali poyiga gul qo’yish tadbiri bo’lib o’tdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2014-yil 14-yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilanSamarqand shahridagi Amir Temur haykali poyiga gul qo’yish tadbiri bo’lib o’tdi. Erta tongdan Samarqand shahridagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar, oliy o’quv yurtlarining rahbarlari hamda harbiylar buyuk bobomiz davlat va jamoat arbobi, Sohibqiron Amir Temur haykali oldiga yig’ilishdi.


Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati hamda talabalari ham ishtirok etib, Amir Temur haykali poyiga gul qo’yishdi.


 


 


P1140011.JPG


 


 


 


 


 


 


 


P1140022


 


P1140019.JPG


 


P1140026.JPG


 

“14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 9 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni” ni nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi R-4390-sonli Farmoyishi ijrosi hamda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag’ishlab, talaba yoshlar o’rtasida vatanparvarlik, fidoiylik, mardlik, matonat, yurtga sodiqlik kabi fazilatlarni shakllantirish va yanada mustahkamlash maqsadida ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, “Talaba” sport klubi hamda jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan amaliy sport turlari bo’yicha sport musobaqasi tashkil etildi.



Специфика перевода спортивных терминов (на материале спортивных Интернет-сайтов)

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

В начале статьи, остановимся на особенностях языка спортивной направленности. Присутствие эмоциональной окрашенности, как правило, дает возможность  ярко и точно описать то или иное спортивное действие, хотя иногда, например, во время описания игровых комментариев, можно встретиться с чрезвычайно эмоциональной насыщенностью текстов, что иногда вызывает дополнительную сложность во время его передачи на родной язык или, наоборот, на язык оригинала.


Некоторые же общепринятые спортивные выражения иногда носят ярко выраженный отпечаток конкретной образности. Например: hot competition (горячее соревнование), hot leadership (жгучее лидерство).


Афоризм Л.Толстого об учителях

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Если учитель имеет только любовь к делу, он будет хороший учитель.


Если учитель имеет только любовь к ученику, как отец, мать, он будет лучше того учителя, который прочел Все книги, но не имеет любви ни к делу, ни к ученикам.


Если учитель соединяет в себе любовь к делу и к ученикам, он — совершенный учитель.


 


12f3qi2osfncllv9lovco3p8v2

"Samarqand iftixorlari" taqdirlanishdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

852


 


2014 yil 29 dekabr kuni Samarqand shahridagi “Grand Sultan” bazmgohida Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyatimizda 2014 yilda ish olib borgan barcha sohalardagi faol va intiluvchan yoshlarga e’tibor, mustaqillikni mustahkamlashda salmoqli hissa qo’shib kelayotgan soha vakillariga ehtirom ramzi sifatida “Samarqand iftixorlari” deb nomlangan tadbir o’tkazildi.


Tadbirda 2014 yil davomida viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa sohalari rivojiga o’zining munosib hissasini qo’shgan viloyatimiz vakillariga 12 ta nominasiyalar bo’yicha viloyat hokimining “Faxriy yorliq” va “Tashakkurnoma”lari taqdim etildi.


E’tiborli jihati, ushbu tadbirda institutimizning faol yoshlari – xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Yusupov Otabek, o’qituvchilar Nazaryan Armida, Dilnoza Dexkanova hamda Taxmina Akramovalarga“Turizm sohasi rivojiga hissa qo’shgan yoshlar” yo’nalishi bo’yicha, “Navoiy” davlat stipendiyasi sohibi Kazakov Turonbekga  esa “Ilm fan fidoiylari” yo’nalishi bo’yicha viloyat hokimining “Tashakkurnoma”lari va qimmatbaho sovg’alari topshirildi.


Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati g’olib bo’lgan yoshlarimizning kelgusi faoliyatlariga omadlar tilab, bundanda katta yutuqlarni qo’lga kiritishlariga tilak bildirib qoladi.

Samarqandda “Samarqand shirinliklari” ko’rik-tanlovi o’tkazildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Xalqimizning azaliy milliy qadriyatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo’shish, o’zbek xalqiga xos bo’lgan mehmonnavozlik an’analarini davom ettirish,shirinpazlik kasbining aholi o’rtasida e’zozlanishi, ushbu kasbni tadbirkorlik faoliyatining muhim qismiga aylantirish hamda  uning yosh avlod tomonidan davom ettirilishiga erishish maqsadida 2014 yil 27 dekabr kuni shahrimizning Alisher Navoiy ko’chasida “Samarqand shirinliklari” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.


Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur ko’rik-tanlov 6 ta, ya’ni “Bayram tortlari va shirinliklari”, “Bayram va to’y marosimlari uchun shirin pishiriqlar”, “Mevalardan, shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan sharbatlar”, “Mevali murabbolar va shinnilar”, “Meva qoqi (turshak)lari va mayiz turlari” va “Asal turlari” yo’nalishlari bo’yicha o’tkazildi.


Mazkur tanlovda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok etdi va tanlov qatnashchilarida  katta taassurot qoldirdi. Yakunda institutimiz jamoasi  “Mevali murabbolar va shinnilar” yo’nalishi bo’yicha faxrli II-o’rinni qo’lga kiritib, diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.


 


Diplom


 


торт1.JPG


 


 

Смехотерапия

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

«От улыбки в хмурый день светлей…» (Ю.Энтин)


Все ли мы умеем улыбаться? Странный вопрос, скажете вы. Естественно, все.


Считается, что, начиная с четырёх первых недель, улыбаться ребёнка учат глаза матери, а с двух-трёх месяцев ребёнок начинает улыбаться и смеяться сам. То есть, неосознанно, он смотрится, как в зеркало, в глаза улыбающейся матери и улыбается сам. Только вдумайтесь, — по статистике, к шести годам ребёнок улыбается и смеётся около трёхсот раз в день! И делает это беззаботно и весело. Вот у кого надо поучиться.



Зимняя депрессия

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

К сожалению, с наступлением зимы, и даже раньше, при уменьшении солнечных светлый дней, у многих наблюдается зимняя депрессия.


Зимняя депрессия, или зимнее аффективное расстройство — эмоциональное нарушение, являющееся разновидностью сезонной депрессии, характеризующееся сниженным настроением, раздражительностью, понижением самооценки, а также когнитивными нарушениями (трудности с сосредоточением, ухудшение памяти).



Табриклаймиз!

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Корея Республикасининг халқаро KOICA агентлиги томонидан 2014 йил 10 декабрь куни Тошкент шахрида “Компьютерда дастурлаш” кўрик-танлови ўтказилди. Мазкур танловда Таржимонлик факультети корейс тили таълим йўналиши 4-курс талабалари “Осиё мамлакатлари тиллари” кафедраси ўқитувчиси Чонг Со Ёнг раҳбарлигида қуйидаги фахрли ўринларни қўлга киритишди: Сайфиддинов Жасур гран при, Эшонқулов Фаррух ҳамда Абдуллаев Сирожиддинлар танлов сертификати билан тақдирланишди.Ғолиб талабаларимизнинг келгуси ўқиш ва ишларида муваффақиятлар тилаймиз!


 


PC064276.JPG


 


 


PC064262.JPG

“Oltin davr ilhomlari” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2014 yil 16 dekabr kuni SamDChTI faollar zalida ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda talabalar kengashi tashabbusi bilan “Oltin davr ilhomlari” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.


Tadbirda institut talabalar turar joyida yashovchi talabalardan tashkil etilgan “Omadli jentlmenlar”, “O’zbegim qizlari” va “Sharq yulduzlari” jamoalari bellashishdi. Ko’rik-tanlovni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.D.Norqulov kirish so’zi bilan ochib berib, talabalarning bu taklifi juda o’rinli va maqtovga sazovorligi, hozirgi davrda talaba-yoshlarning takliflari davlatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmayotganligi,  tadbirda ishtirok etayotgan talaba-yoshlardan davlatimizning umidlar katta ekanligi, bu tadbir ishtirokchilarning kelajakdagi faoliyatlarining debochasi bo’lib qolishini tilab qoldilar.



Xayriya tadbir o’tkazildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi fakulteti 1-2 bosqich talabalari va o’qituvchilari tashabbusi bilan joriy yilning 23 dekabr kuni institutda Samarqand shahar 9-son Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga  Yangi yil xayriya tadbiri tashkillashtirildi. Ushbu tadbir orqali mehrga tashna bolalarga bayram tashkil etib berish bilan birga «Sog’lom bola yili» davlat dasturi asosida kelajagimiz bo’lmish ushbu o’g’il-qizlar qalbiga ozgina bo’lsada xursandchilik va quvonch baxsh etildi. Bayram tadbirini institut ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo’yicha prorektori H.D.Norqulov ochib berdi.


Tadbirning asosiy qismi chiroyli qilib bezatilgan archa va to’kin dasturxon davrasida bo’lib o’tdi. Talabalar o’zlarida xar xil ertak qaxramonlarini aks ettiruvchi ko’rinishlarda kiyinib, qiziqdan-qiziq bayram dasturlari hamda bolajonlar bilan birgalikda turli o’yinlar tashkil etdilar. Ayniqsa, yangi yilning asosiy qismi bo’lmish qorbobo va qorqizning sahnani to’ldirib o’tirishlari, bolajonlarga ulashgan sovg’alari ularni yanada xursand qildi.


Bolajonlarga shirin taomlar, shirinliklar va mevalar hamda sovg’alar ulashildi. Bunday tadbirlarni tashkillashtirgani uchun Mexribonlik uyi tarbiyachilari Samarqand davlat chet tillar institutiga minnatdorchilik izhor qilishdi.   


 


PC230018


 


PC230059


 


PC230040

Uzbekistan celebrates 100th anniversary of national poet Zulfiya

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги


 


October 31, 2014, the President of the Republic of Uzbekistan Islam Karimov signed a Resolution «On celebrating the 100th anniversary of the national poet of Uzbekistan Zulfiya».Document approved the members of the organizing committee. In addition, the organizing committee commissioned within a month to develop a plan of activities to mark this date on a high level and to include in it:  — preparation and publication of selected “Saylanma” works of the poet in the Uzbek language, collections of poems in English and Karakalpak languages;  — preparation and publication of the book “Zulfia zamondoshlari hotirasida” («Zulfiya in memories of contemporaries»);  — making a documentary film about her life and creative activity;  — conducting at the Institute of language and literature named after Alisher Navoi Academy of Sciences of Uzbekistan scientific conference, devoted to the importance of creativity of Zulfiya in the national literature;  — organization in secondary, secondary special, vocational and higher educational institutions, military units, labor groups and communities meetings, literary evenings, on this subject with the participation of famous writers, scientists and artists;  — conducting in March 2015 in the «Turkiston» Palace of Tashkent recitals dedicated to the memory of the poet, with the participation of artists, winners of the State prize named after Zulfiya and the general public. The national information Agency of Uzbekistan, National television and radio company of Uzbekistan and other media recommended to coverage of the events dedicated to the 100th anniversary of the National poet of Uzbekistan Zulfiya.


 

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Britaniya kengashi direktori Mark Krossi va uning o’rinbosari Djamilya Gulyamovalarning Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrifi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Joriy yilning 4 dekabr kuni Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi “Britaniya kengashi”  (British Council) tashkiloti direktori Mark Krossi va uning o’rinbosari Djamilya Gulyamovalar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.


Rasmiy mehmonlar institut rektori G’.X.Raximov, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Sh. S. Ashurov, ingliz filologiyasi fakulteti dekani   F. Sh. Ruziqulov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O. Yusupovlar bilan uchrashib, Samarqand davlat chet tillar institutiga ilk bor tashrif buyurayotganligini ma’lum qildi va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.


 Institut  rektori mehmonlarni institutning tashkil etilishi, institutda mavjud fakultetlar va yo’nalishlar bilan tanishtirdi. Institutda ko’plab xorijiy tillar qatorida, ingliz tili asosiy chet tili sifatida o’qitilib kelinayotganligi, hozirgi kunda mazkur ta’lim yo’nalishi hajm jihatdan institutning asosiy qismini tashkil etishi haqida ma’lumot berdi.


Janob Mark Krossi British Council tashkilotiga yaqinda rahbar etib tayinlanganligiga qaramasdan, British Councilning SamDChTIdagi  filiali ijobiy faoliyat ko’rsatayotganligidan xabardor ekanligini, “British Council” tashkiloti SamDChTI bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanligi, kelgusida ushbu hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishiga umid bildirdi. Janob Mark Krossi “British Council”ning institutdagi filialini zamonviy o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashda va ingliz tili o’qituvchilari malakalarini oshirishda ko’mak ko’rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.


Tashrif davomida mehmonlar “Presett kunlari” miqyosida institutning                                                                                              ingliz filologiyasi fakulteti talabalari o’rtasida o’tkazilayotgan notiqlik tanlovi, eng yaxshi insho tanlovi va eng yaxshi plakat tanlovi tadbirini ham kuzatishdi. Tadbir so’ngida mehmonlar so’zga chiqib, talabalarning tadbirdagi chiqishlari intilishlari ularda samimiy ta’ssurot qoldirganini ta’kidladi.


Uchrashuvdan so’ng mehmonlar institut til va madaniyat markazlari, Innovasion texnologiyalar markazi va uning vazifalari, institutdagi Britaniya Kengashi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishib, institutda o’quv jarayoni va ta’lim tizimi yaxshi yo’lga qo’yilganligi, talabalarning xorijiy tillarni o’rganishga qiziqishlari yuqori darajada ekanligini ko’rib quvonishdi.  


PC049496


 


PC049508


PC049594

Konstitusiya – baxtimiz poydevori

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Samarqand davlat chet tillar institutida 2014 yil 4 dekabr kuni “Konstitusiya – baxtimiz poydevori” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi xodimi M.Omonov ishtirok etib, yig’ilganlarga ma’ruza qildi.

M. Omonov o’z ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining mazmun-mohiyati, qabul qilinish tarixi, bosqichlari, uning qabul qilinishi favqulotda muhim tarixiy voqyea bo’lgani, unda fuqarolarning ahilligi, xalqimizga xos odamiylik qadriyatlarga hurmat kabi fazilatlar o’z aksini topgani, shu kunga qadar jamiyatimiz va fuqarolarimiz hayotida tutgan o’rni, unga kiritilgan o’zgartirishlar, u faqat yuridik hujjat bo’libgina qolmay, aniq maqsadni ko’zlagan dasturiy hujjat ekanligi, u orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turishi lozimligi, Konstitusiya shu munosabatlarning huquqiy negizi ekanligi, uning yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik huquqiy davlatni rivojlantirish, fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilashning asosiy kafolatlaridan biri bo’lib xizmat qilayotgani hamda hayotimizdagi ijtimoiy munosabatlarni yechib berayotgani to’g’risida ma’ruza qildi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.


Davra suhbatida dekan o’rinbosarlari A.Ismoilov, Q.Egamnazarov, Yu.Azzamov hamda 180 nafar talabalar ishtirok etishdi.Tadbirni ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Jumanov olib bordi.


 


PC040023


AQSh elchixonasi vakillarining Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrifi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Joriy yilning 3-dekabr sanasida Samarqand davlat chet tillar institutiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 29 noyabrdagi 87-03-1040-sonli modemnomasiga asosan AQSh davlat departamenti matbuot va ommaviy diplomatiya Byurosi Janubiy va markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Boshqarma direktori Ketrin Shalou xonim, AQSh elchixonasi Madaniyat va ta’lim maslahatchisi Laura Trevis xonim, AQSh elchixonasi Ingliz tili dasturlari bo‘yicha yordamchisi, axborot, madaniyat va ta’lim bo‘limi xodimi Nodira Meliboevalar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.


Rasmiy mehmonlarni institut rektori G‘.X. Raximov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh. S. Ashurov, ingliz filologiyasi fakulteti dekani   F.Sh. Ro‘ziqulov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovlar kutib oldilar.


Uchrashuv davomida institut rektori G‘.X. Rahimov institutning tashkil topish tarixi, institutda mavjud fakultetlar, yo‘nalishlar va institutning hozirgi kundagi faoliyati bilan tanishtirdi. Institut tashkil etilgan davrdan buyon ingliz tili institutda asosiy o‘rganilayotgan til sifatida o‘rganilib kelinayotgani, bu borada institut ma’lum darajada bir qancha yutuqlarga erishganligi to‘g‘risida gapirdi. Xususan, chet tillarni o‘qitishda Muhtaram Prezidentimizning 2012 yil               10-dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori ham amalda keng qo‘llanib kelinayotganligini ta’kidladi.


Ketrin Shalou xonim haqiqatdan ham O‘zbekistonda chet tillarni, jumladan, ingliz tilini o‘rganishga alohida e’tibor berilayotgani, hukumatning ta’lim sohasiga, ayniqsa, chet tillarni o‘rganish tizimiga qaratilgan e’tiborini ham alohida ta’kidlash lozimligi xususida to‘xtaldi.


AQSh elchixonasi Madaniyat va ta’lim maslahatchisi Laura Trevis xonim AQSh elchixonasi va SamDChTI o‘rtasida ta’lim, ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma seminar-treninglar, videokonferensiyalar tashkil etish, hamkorlikda maqolalarni chop etish hamda AQSh universitetlari bilan fan-ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish taklifini kiritdi. SHuningdek, AQSH elchixonasi Madaniyat va ta’lim bo‘limi tillarni o‘qitishga oid zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlashda yaqindan ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi. Kelgusi o‘quv yilida AQSh elchixonasi tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutiga kelib, ingliz tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha dars berib, institutda pedagogik faoliyat yuritish uchun ko‘ngilli o‘qituvchi jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganligini ma’lum qildi. 


Mehmonlar institutning ingliz filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ham uchrashib, erkin suhbat olib borishdi.


Suhbat davomida Laura Trevis xonim AQShning Fullbright, US study va boshqa jamg‘armalari tomonidan O‘zbekistonlik talabalar, ilmiy tadqiqotchilar va o‘qituvchilarga taklif etilayotgan grantlar haqida ma’lumot berdi. Talabalarning ta’lim olish sifati samaradorligini oshirish maqsadida AQSh elchixonasi tomonidan kelgusi o‘quv yilida o‘qituvchi ajratilishi kutilayotganligini ta’kidladi.   


Suhbat davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar AQSh delegatsiyasi tashrifi uchun minnatdorchilik bildirgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Jumladan:


  • Talabalarga ingliz tilini o‘rganish davomida duch kelinayotgan muammolar;

  • Ingliz tilini qisqa fursat ichida o‘rganish metodikasi va usullari;

  • AQSh hukumati va elchixonasi tomonidan ajratiladigan ta’lim grantlarini qo‘lga kiritish tartibi va shartlari;

  • Kelajakda AQSh oliy ta’lim muassasalari va SamDChTI o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlari, ta’lim, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan qizg‘in suhbatlashishdi.


Uchrashuv so‘ngida mehmonlar Samarqand davlat chet tillar institutiga qilgan tashrifidan mamnun ekanligini e’tirof etishdi.


 


PC039311


 


PC039332