Dunyoni qiynayotgan dard
Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блогиSamarqand davlat chet tillar instituti Xotin-qizlar kengashi raisi D. Alimdjanova, «Kamolot” YoIH Samarqand davlat chet tillar instituti boshlang’ich tashkiloti, “Ibn Sino” salomatlik markazi, „OITSga qarshi kurashish markazi” viloyat filiali, Qizil yarim oy jamiyati, Viloyat salomatlik va statistika instituti bilan hamkorlikda 1-dekabr “Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni” ga bag’ishlab »Biz yoshlar Giyohvandlik, OIV/OITSdan yiroqdamiz!” shiori ostida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirga taklif etilgan soha mutaxassislari tomonidan talaba yoshlarga giyohvandlik va OIV/OITS infeksiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ularning ayanchli oqibartlarini o’z ichiga olgan maxsus videorolik namoyish etildi. Bizga ma’lumki, OITS inson immunitet tizimini zaiflashtirish orqali insonni halokatga olib keluvchi kasallikdir… Bu holatda yengil darajadagi oddiy shamollash ham insonni halok qilishi mumkin. Hozircha bu dardning davosi topilmagan. Shuning uchun ham tibbiy madaniyatimizni shakllantirib borishimiz zarurdir.